11 Aprel , 2014
Hayotni sug‘urta qilish –sug‘urtaning uzoq mudatliligi va qoplanadigan qaltisliklar tufayli o‘ziga xos sohadir. Potentsial mijozlar ongida shaxsiy mablag‘larni jalb qilish bilan bog‘liq tegishli moliyaviy dastaklardan foydalanishni ishonchli va samarali ekanligi haqida barqaror ijobiy ta‘surotni shakilantirish uchun nafaqat sug‘urtalovchilar, balki moliyaviy soha vakillari katta kuch safarbar etkanliklari hech kimga sir emas. Bunda davlatning o‘rni katta ahamiyat kasb etib, u tomonidan yetakchi xorijiy tajriba va milliy an‘analar asosida iqtisodiy islohotlar amalgam oshirildi. Sug‘urta qildiruvchilar va sug‘urta tashkilotlari tomonidan investitsiyalarni amalgam oshirilishi bilan bevosita chambarchas bog‘liq bo`lgan hayotni sug‘urtalash haqida gapirganda, bunday islohotlar sirasiga sug‘urta, bank, investitsiya faoliyatini, soliqqa tortish qoidalarini va boshqa sohalarni tartibga soluvchi qator qonun hujjatlari o‘zgarganligini kiritish mumkin. Sug‘urtalovchilar su‘`urtaning jahonda juda ommabop bo`lgan sektorini faol rivojlantirish xohish-irodasi va davlat ko‘magiga ega bo‘lgan holda mijozlar auditoriyasi uchun butunlay yangi mahsulotlarni chiqarish imkoniyatiga erishdilar. Xususan, 2004 yildan (o‘sha payitda yagona bo‘lgan «O‘zbekinvest Hayot» SK o‘z faoliyatini boshlagan) 2011 yilgacha bo‘lgan davirda sug‘urtaning uzoq muddatli turlari bo‘yicha yi‘`ilgan mukofotlarning hajmi 60 barobardan ziyodroq oshdi.
Albatta, ish jarayonida u yoki bu muammoli masala vujudga keladi, lekin ular sug‘urta tashkilotlarining urinishlari va qonunchilika o‘zgarishlar kiritish orqali tartibga solish bilan hal etiladi. Sug‘urtalovchilar sug‘urta vositachilari bilan o‘zaro munosabatlarni faollashtirish, hududlardagi Hayot tarzining milliy o‘ziga xos tomonlari nuqtai nazaridan sug‘urtaning uzoq muddatli jamg‘arma turlarining ustunliklari va imkoniyatlarini tushuntirish ishlari, sug‘urta an‘analarini shakillantirishda ishtirok etish, hayotni sug‘urta qilsh va umumiy sug‘urta sohalarining simbioziga asoslangan mahsulotlarda taqdim etilayotgan xizmatlar turkumini kengaytirishdan bilan birga sotish kanallarini, shu jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlarda keng amal qiladigan sug‘urta institutining bank sohasi bilan hamkorlik qilishi imkoniyatlari hisobiga kengaytirildi.
Nima uchun hayotni uzoq muddatli sug‘urtalshga katta ahamiyat berilmoqda? Avvalo, bu ijtimoiy jihatlar bilan bog‘liq. Davlat aholi farovonligini oshirishga yo‘naltiriladigan byudjet mabla‘`laridan tashqari kutilmagam voqealar yuzaga kelganda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Ayniqsa bu o‘zbek xalqining ko‘p asrlar davomida shakillangan milliy urf-odatlari nuqtai nazaridan dolzarbdir. Oila bu nafaqat bolalarni tarbiyalash, balki keksa ota-onaga ham g‘amho‘rlik qilishdir. Oila uchun sarflanadigan moddiy boyliklarni o‘z ichiga oluvchi kundalik xarajatlardan tashqari bola tug‘ilishi, o‘qish, to‘y, dam olish va boshqa tadbirlar uchun ham xarajatlar talab etiladi. Va aynan shu holatlarda hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash oilaviy byudjetga sezilarli og‘irlikni tushurmay qator moliyaviy muammolarni hal etish imkonini beradi.
Jamg‘arma mahsulotlar yordamida ta‘mirlash, mebel yoki avtomobil xarid qilish, ta‘lim va boshqa narsalarning pulini to`lash mumkin. Qaltislikni sug‘urtalaganda oila boshlig‘i qandaydir nohush voqealar sodir bo‘lganda oilaning moddiy t‘`minoti uchun ko‘ngli tinch bo‘ladi. Nima uchun sug‘urtani tanlagan maqul? Chunki boshqalardan, masalan, bank qo‘yilmalaridan farqli o‘laroq polis nafaqat qo‘shimcha moliyaviy jamg‘arma shakillantirish, balki sug‘urta himoyasida bo‘lish imkonini beradi. Bundan tashqari voqealar salbiy rivojlanishi holatlarida ma‘lum muddat o‘tishi bilan emas, balki to‘langan badallardan qat‘iy nazar sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urta pullarini to‘liq olish imkoniyatini beradi. Bunda soliq imtiyozlari borligi ham sezilarli ahamiyatga ega:
– yuridik shaxslar uchun- hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash bo‘yicha yuridik shaxslar to‘kayotgan sug‘urta mukofotlari tashkilotning boshqa xarajatlariga kiritiladi;
– jismoniy shaxslar uchun – hayotni uzoq muddanli sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta mukofotlarini to‘lash uchun yo‘naktirilgan pullar daromad soli‘`iga tortilmaydi.
Savol tu‘`ilishi mumkin: hayotni uzoq muddatli sug‘urtalashda sug‘urta qildiruvchilar uchun shaxsiy foydadan tashqari yana qanday yaxshi jihatlari mavjud? Avvalo, soliq imtiyozlari yig‘iladigan sug‘urta mukofotlari hajimlarini oshishini (umumiy sohasida shaxsiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta mukofotlarini sezilarli ko‘payishini) va muddatini uzaytirilishini rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini oshirgan holda investitsiya faoliyatiga sezilarli ta‘sir etishi mumkin. Shu bilan birga uzoq muddatli sug‘urta to‘lovlarini amalgam oshirishda davlat byudjetining xarajatlar qismiga tushadigan og‘irlikni sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qiladi. 2009 yil oktyabr oyidan boshlab «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini joriy etilishi bunga yorqin misol bo‘la oladi. Ushbu qonunda birinchi navbatda hodimlarning manfaatlari himoyalanishi hamda ularning qaramog‘idagilarga annuitet to‘lovlarini amalgam oshirish yo‘li bilan barqaror daromad manbasini ta‘minlash nazarda tutilgan bo‘lsa, ikkinchidan, hodimlar bilan sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda yuzaga keladigan xarajatlar kamayishiga erishiladi. Raqamlarda mazkur qonunning samarali ekanligini 2010 yildan 2011 yilgacha annuitet to‘lovlarini 2 barobardan ziyodroq oshganligida ko‘rish mumkin.
Shunday qilib, uzoq muddatli sug‘urta maxsulotlarini qo‘llash aholi farovonligining umumiy darajasi hamda ijtimoiy himoya darajasini oshirishga xizmat qiladi.
8-yillik marrani ortda qoldirayotgan hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash milliy bozori qator yutuqlar va albatta, ayrim kamchliklarga ega. Ammo eng muhimi rivojlanish uchun sezilarli salohiyat mavjud. Xalqaro tajriba ko‘rsatishicha, uzoq muddatli sug‘urta segmenti moliya va fond bozorlari uchun jiddiy raqobatchi hisoblanadi. Bunda aynan uzoq muddatli sug‘urta kutilmagan hodisalar sodir bo‘lganda, shuningdek qo‘shimcha pensiya ta‘minoti kabi kutilgan hodisalarda moliyaviy ta‘minot kafolat bo‘la oladi. Shuningdek, alohida ichki o‘ziga xos tomonlaridan tashqari sug‘urta davlat miqiyosida aholini bandligini va qo‘shimcha daromad manbalarini t‘`minlashga ko‘maklashadi. Masalan, ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda ko‘pchilik fuqarolar sug‘urta agenti sifatida ishlaydilar, zero erkin ish tartibi ortiqcha kuch sariflamasdan qo‘shimcha daromad olish imkonini beradi.
O‘zbekistonning qonunchilikni ilg‘or xalqaro tajriba asosida, bozorni yuqori darajadagi sifatli va maqbul xizmatlar bilan to‘ldirishga xizmat qiluvchi doimiy takomillashtirishga yo‘naltirilgan iqtisodiy siyosatni yaqin kelajarda moliyaviy sohada navbatdagi o‘zgarishlar bo‘lishini prognozlashtirish mumkin.
Hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash milliy bozori sharoitida rivojlanish istiqbollari, avvalo potentsial mijozlarning keng doirasida o‘z aksini topuvchi, quyidagi iste‘molchilarga bog‘liq:
– ma‘lum sanaga (o‘qish, to‘y, bola tug‘ilishi, maqsadli xarajatlar va b.) pul mabla‘`larini yig‘ish maqsadiga ega jismoniy va yuridik shaxslar;
– ijtimoiy himoya bo‘yicha korporativ siyosat va/yoki xodimlarni moddiy rag`batlantirish doirasida sug‘utani amalga oshiruvchi ish beruvchilar- xo‘jalik sub‘ektlari;
– turli ijtimoiy va jamoat loyihalari doirasida istiqbolli yoshlarni o‘qish pullari to‘lab berish orqali kadrlar salohiyatini yaratish uchun mablag‘larni shakillantirayotgan xo‘jalik sub‘yektlari.
Hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash hajimlarining o‘sish ko‘rsatkichlariga qaytar ekanmiz, bu iqtisodiy jihatlardan tashqari aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga ko‘maklashayotganligini qayd etish joiz. Mantiqan qaraganda, iqtisodiyot, marketing, yurisprudentsiya kabi sohalardagi bilimlarni o‘zida mujassam etgan sug‘urta an‘analarini shakillantirish bilan bir qatorda fuqarolarning sug‘urta madaniyati ham oshib borayotganligi tabiiy. Sug‘urta qildiruvchi sug‘urtaning maqbul turi va dasturini tanlashda ishtirok etib, shaxsiy jamg‘armalarni samarali investitsiya qilishga asoslangan, qo‘shimcha kapitalni shakillantiruvchi ishchan mexanizmn yaratishda shaxsan qatnashish va natijada muvozanatlashgan oilaviy byudjet bilan rivojlanishini boshqarishni ratsional rejalashtirishga ko`maklashadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, O‘zbekistonda hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash bozorining yanada rivojlantirish, natijada bozor bo‘yicha umumiy poetfelda hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash ulushini oshirish uchun istiqbollar etarli.
Birinchidan, bu demografik omillar (zichlik va o‘sishni xisobga olgan holda aholining soni.) Xususan O‘zbekoston Respuplikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra oxirgi besh yil ichida aholining soni o`rtacha 27.678,8 mingtani, ulardan band aholinig soni – 11.329,3 mingtani (40,9%) tug‘ulish – 633,6 mingtani bir yilda tuzilgan nikohlar soni – 271,6 mingtani tashkil qildi. Ikkinchidan, jismoniy shaxslar daromadlari va xo‘jalik sub‘yektlari –iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarning barqaror rivojlanishi tufayli xarid qilish qobiliyati o‘sganligi sababli potensial iste‘molchilarning moliyaviy imkoniyatlari. Ma‘lumki, jahon moliyaviy inqirozlari oqibatlari va jahon mamlakatlari iqtisodlarining pasayishiga qaramay, ko‘p davlatlar tomonidan tan olingan, 2007 yilda qabul qilingan Iqtisodiyotni moderinizatsiya qilish dasturi sababli O‘zbekistonda yalpi ichki maxsulotlarning nafaqat yillik o‘sishga, balki aholining farovonligini oshirishga erishildi. Besh yil mobaynida (2007-2011yil.)YAIM yillik o‘sishni o‘rtacha 8,7%, ish haqining o‘rtacha -33,9% (yoki 1,3 barobarni), jon boshiga real daromadning o‘sishi -24,6% tashkil etdi.
Uchinchidan, davlat tomonidan sug‘urtani tartibga soluvchi qonunchilik bazasini takomilashtirishga qaratilgan doimiy islohotlar siyosati. Xususan, so‘ngi yillarda mamlakatimiz Prizidenti I.Karimov tomonidan sug‘urta tashkilotlarining yanada rolini va rivojlanishini rag‘batlantiruvchi, xalqaro me‘yorlar va standartlarga muvofiq samaradorligini va barqarorligini ta‘minlovchi (shu jumladan ustav kapitali miqdoriga bo‘lgan talablarni oshirish), ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, moliyaviy bozor infratuzilmasining tarkibiy qismi sifatida sug‘urta institutlarini mustahkamlashga qaratilgan qator qarorlar qabul qilinganligi katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu me‘yoriy hujjatlarda rivojlantirish maqsadida hayotni sug‘urta qilish sohasini tartibga soluvchi amaldagi qonun hujjatlar, shu jumladan uzoq muddatli va jamg‘arma sug‘urta turlari ustida ishlash ham alohida ko‘rsatilgan.
Bevosita «O‘zbekinvest Hayot» SK haqida gapirganda, shuni ta‘kidlash lozimki, Kompaniya o‘z mijozlariga 20 dan ortiq turdagi mahsulotlarni taklif etgan holda butun faoliyati davomida shaxsiy sug‘urta sektorida sug‘rta mukofotlarini yig‘ishbo‘yicha barqaror ravishda etakchi uchlikka kirib kelmoqda. «O‘zbekinvest Hayot» SK bozordagi faoliyatining ijobiy tarixini hisobga olgan holda keyingi faoliyat strategiyasini rejalashtirib, qisqa muddat uchun sotuv hajmlarini oshirish, uzoq muddat uchun nafaqat mamlakat aholisining farovonligini oshirishga xizmat qiluvchi va ijtimoiy himoyaning ishchan vositasi, balki iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘sishining ahamiyatli qismi bo‘lgan hamda xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilishni o‘z ichiga oluvchi xizmatlar ko‘lamini kengaytirishni rejalashtirilgan.
Sanab o‘tilgan omillarni baholar ekanmiz, hayotni uzoq muddatli sug‘urtasi sektorining barqaror o‘sishini prognozlashtirish, mavjud potansial esa hayot mahsulotlari yaqin kelajakda aholi tomonidan faol foydalanilayotgan an‘anaviy moliyaviy dastaklar qatoriga kirishiga asos bo‘ladi, leyish mumkin.