Xodimlarning hayoti va sog’lig’ini sug’urtalash: ish beruvchi uchun af...

11 Aprel , 2014

     Har bir korhona, faoliyat sohasi va ko’lamalaridan qat’iy nazar, malakali hodimlarni jalbqilish va ularni kompaniyada uzoq vaqt ishlashga rag’batlantiradigan shart-sharoitlarni yaratishdan manfaatdor bo’lsa kerak, albatta. Mazkur maqolada korxona kadrlar siyosatida nazarda tutiladigan rag’batlantiruvchi omillar sifatida qanday sug’urtalash vositalaridan foydalanish mumkunligini haqida so’z yuritamiz.

      Jahonda amaliyotiga nazar tashlab shuni korishimiz mumkinki, ish haqi (yoki qalam haqi) miqdorlari hamda xizmatda o’sish istiqbollaridan tashqari, asosiy rag’batlantiruvchi vositalar – bu ijtimoiy paketlardir. O’z navbatida, ish beruvchi oz yollagan xodimlarga taqdim etadigan bunday ijtimoy paket narkibida sug’irtalash alohida o’rin tutadi. Ho’sh, nima uchun.

        Hammamiz bilamizki, rivojlangan mamlakatlarda birorta ham kishi  o’z hayotini “sug’urta”siz tasavvur qila olmaydi. Ko’p jihatdan, aksariyat xorij davlatlarida har bir kishi hayoti va sog’liqining hech bolmasa minimal hajimda sug’urtalanishi majburiy talab bolib, bunday talab qonun darajasida mustahkamlab qo’yilgan.

            SHu bilan birga, hisobga olish kerakki, sug’urtalash insonlarning turmushida yuzaga kelishi mumkin  bo’lgan bir qator moliyaviy, ma’muriy, yuridik va boshqa muammolaridan xalos etadi. Masalan, yo’l-transport hodisasida avtomobil shikastlansa, uni ta’mirlash uchun muayan harajatlar qilish zarurati tug’iladi. Uning egasida o’sha paytda sug’rta polisi ham, shahsiy mablag’lari bo’lmasa, avtomobilsiz ham kun ko’rsa bo’ladi. Ammo avariya natijasida inson soo’lio’iga zarar etkazilsa, uni tiklashga qoshimcha sarfharajatlar talab etiladi, buni esa paykalga solib bolmaydi. SHuning uchun ish beruvchilar xodimlarni o’z tashkilotiga jalb qilish uchun taklif qiladigan ijtimoiy paketlardagi sug’urta dasturining tarkibiy qismi – xodimlar hayoti va sog’lig’ini sug’urtalashdir.

       Shinday qilib, ish beruvchi xodimga  sug’urta himoyasini ham o’z ichiga olgan ijtimoiy paket taqdim etganda, xodim aynan qanday afzalliklarni qo’lga kiritishi mumkinligini ko’rib chiqamiz.

        Milliy sug’irtalash instituti nafaqat turli iste’mol manfaatlariga, balki bo’lajak sug’irtalanuvchilarning moliyaviy imkoniyatlariga ham moslashtirilgan turli-tuman mahsulotlar va sxemalarni taklif qiladi. Mazkur holda sug’urtalanuvchi – bu sug’irta shartnomasini tuzadigan va sug’irta mukofotlarini to’laydigan tashkilot (korxona)dir.

       O’zaro manfaatlar uyg’unligi nuqtai nazaridan ham ish beruvchi, ham hodim uchun eng ommabop mahsulotlar – baxtsiz xodisalardan sug’irtalash, kasalliklar yuz berishidan sug’urtalash (kundalik hayotda tibbiy sug’irta deb ataladi), shuningdek hayotni uzoq muddatli sug’urtalash kabi mahsulotlardir. Ish beruvchi o’z xodimlar uchun bunday mahsulotlarni sotib olar ekan, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytiradi va shu tariqa motivaciyaning korporativ usullarini shakillantiradi. Buning mohiyatini yanada chuqurroq tushinish uchun xar bir  sanab o’tilgan mahsulotlarga batafsil to’xtalamiz.

            BAXTSIZ XODISALARDAN SUG’IRTALASH

            Bahtsiz xodisalardan sug’urtalash sug’urtalangan odamning (tashkilot xodimining) jarohat olishi va/yoki sog’lig’ining buzilishinn sug’irtalash; mehnat qobiliyatining qisman yoki to’liq yo’qotilishi (nogironlik) holatlarini sug’urtalash; sug’urtalangan shahsning o’limi yuz berishini sug’urtalashni nazarda tutadi.

            Agar xodim jarohat olsa, uning sog’lig’ini tiklash uchun qanchadir vaqt kerak bo’lishi tabiiy hol, tegishincha, bu davrda uning moddiy daromadi muqarrar ravishda kamayib ketadi – mehnat faoliyatini to’xtatib qoyadi, shifokorga muroojat qiladi, davolanish uchun dori-darmonlar, shuningdek, zarur bo’lsa, tabbiy moslamalarni sotib oladi.

            Shubhasiz, jarohatlanish – bu mutlaqo kutilmagan hodisa boo’ib, odam doim ham jismoniy va ma’naviy noqulayliklardan tashqari, kutilmagan xarajatlarga ham tayyor turgan bolmaydi. Jarohat olgan odamda bahtsiz xodisalarga qarshi sug’urta polisi bolsa, unga jarohatlanish darajasi va shahsiy sug’urta summasiga bog’liq holda hisoblab chiqilgan sug’urta too’lovi to’lanadi.

            Bundan sug’urtalashning birinchi qoidasi kelib chiqadi – agar o’z xodimlaringizni sug’irtalashga qaror qilgan bo’lsangiz, eng maqbul variyantni tanlash maqsadida siz sotib olmoqchi bo’lgan sug’irta mahsuloti bilan yaxshilab tanishib chiqing. Mazkur holda sug’irta shartnomasini tuzish paytida har bir sug’irtalangan shaxs uchun bir sug’urtalangan shaxs uchun tanlagan shaxsiy sug’urta summasi miqdori keying to’lovlar miqdorini belgilab beradi.

            Misol Aytaylik, oyog’i singan sug’irtalangan shaxsga, jaroxatlanish xarakteriga (qayeri singan, suyak parchalari siljiganmi yoki yoqmi, operaciya kerakmi yoki yoqmi) bogliq holda o’rtacha sug’urta summasining 2dan ch0 foizgacha miqdorida too’lov to’lanadi.

            Shunday qilib, agar shaxsiy sug’rta summasi 500 ming so’mni tashkil qisa, tolovlar miqdori 10 mingdan 200 ming so’mgacha bo’ladi; agar sug’rta summasi 1 mln. so’m bo’lsa – 20 mingdan ch00 ming so’mgacha; sug’urta summasi bitta sug’irtalangan shaxs uchun 5 mln. so’mni tashkil qilsa – 100 mingdan 2 mln. so’mgacha bo’ladi.

         Mazkur sug’urta turning qiymati sugirtalanadigan shahslar soni, yoshi va faoliyat soxasiga qarab (bular qaltislik paydo bolishi darajasiga ta’sir qiladi) sug’urta summasining 0,5dan 1 foizgacha bo’lgan miqdorni tashkil etadi. SHu o’rnida aytish kerakki, bunda homaki hisob-kitoblarni, sug’irtalovchidan sug’irta to’lovlari jadvalida eng kam miqdori qancha ekanligini so’rab amalga olish mumkin. Sug’rta to’lovlari jadvali – sug’urta tashkilotlida tasdiqlangan lokal hujjat bo’lib (uning nomi boshqacha bo’lishi mumkin), deyarli barcha sug’urta kompaniyalrida mazkur mahsulot boyicha tolovlar miqdorlarini hisoblab chiqish uchun asos bo’lib hxizmat qiladi.

            Sug’urtalovchi sug’urtalashning ta’sir qilishi vaqtini kuniga 2ch soat deb belgilashi yoki faqat xizmat vazifalarini bajarish vaqti bilan cheklashi mumkin. Sug’urtalash davri, odatda, 1 yilgacha belgilandi. Tashkilot faoliyatining xarakteridan kelib chiqib, sug’urtalash hududi kengaytirilishi, masalan, o’zbekiston Respublikasidan tashqari, MDH mamlakatlari yoki butun dunyoni qamrab olishi mumkin, harbiy toqnashuvlar zonalari bundan mustasno.

            Ko‘rib turganimizdek, Ijtimoiy paket tarkibida bahtsiz hodisalardan sug’urtalash nazarda tutilganining ozi hodimni himoya kilishning kushimcha usuli bulib, Sug’urta summalari mikdorlarini yoki qoplanadigan sug’urta risklari to’plamini o’zgartirgan holda , turli toifadagi hodimlar Uchun sug’urtalashning nufuzini belgilash mumkin.

             KASALLIK YUZ BERISHIDAN SUG’URTALASH

    Korporativsug’urtalovchilarorasidahodimlarniIhtiyoriytibbiysug’urtalashanchakengtarqalgan. Mazkurmahsulotsug’urtalanganshahslargasog’lig’iyomonlashgandasug’urtalashdavridavomidasug’urtapolisiniyokiserviskartasinitaqdimetishasosidazarurtibbiyhizmatlarnibepulolishimkoniniberadi.

           Sug’urtalashning ushbu turida ham hammasi sug’urta summasi va tanlagan sug’urtalash dasturiga bog’liq. Sug’urtalash dasturiga ambulatory-poliklinika hizmati, uyga tez yordam yoki shifokorni chakirish kabi standart hizmatlar tuplami ham, kushimcha opsiyalar: stsionar davolanish; stomatologik hizmatlar; profilaktik kuriklar; vaksinasiya; – dori darmonlar Bilan taminlash ham kiritilishi mumkin. Albatta, bu yerda ham qator istisnolar ham cheklovlar bor, biroq moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqib, shartnomani tuzish bosqichida dasturni tashkilotingiz istaklarini hisobga olib tuzish, masalan, stomatologik yoki stacionar hizmat kursatish, vaksinasiya va h.q. buyicha qoplamalarni kengaytirish mumkin.

         Sug’urtalash qiymati uning dasturiga, sug’urta summasiga, belgilangan limitlarga (dori-darmonlar bilan ta’minlas, stomatologik hizmat kursatish kabi opsiyalar bo’yicha) sug’urtalangan shahslarning soni va o’rtacha yoshiga bog’liq bo’ladi. E’tiborga olinishi kerak bo’lgan sanab o’tilgan omillarning sony juda ko’pligi tufayli bu narhni umumlashtirish qiyin, shuning uchun eng minimal va kengaytirilgan dasturlarga to’htalamiz.

           Shunday qilib, ambulatory-poliklinika hizmatini va shifokorni uyga chaqirishni o’z Ichiga oladigan tibbiy sug’urtalash dasturi, sug’urta summasi bir sug’urtalangan kishiga 1 mln. so’mni tashkil qilganda, kompaniyaga sug’urtalanadigan xodimlar soniga qarab taxminan 1o’0-210 ming sp’mga tushadi.

         Sug’urta summasi bir xodimga 2 mln. so’mni tashkil etadigan, ambulatory-poliklinika hizmatini, uyga shifokorni va tez yordamni chaqirish,stacionar hizmat ko’rsatish, dori-darmonlar bilan ta’minlash (butun Sug’urta summasining 10 foizi xajmidagi limit bilan cheklanadi) shoshilinch stomatologik yordam (bu ham sug’urta summasining 10 foizi bilan cheklanadi), grippga qarshi emlashni o’z ichiga oladigan dasturda esa kompaniya bir sug’urtalanadigan shahs uchun g’ch0 mingdan 1.02 mln. so’mgacha mablag’  ajratadi.

          Ta’kidlash joizki, mazkur sug’urta mahsulotidagi odatdagi istisno – infekcion kasalliklardir. Bu,   hususan, shu bilan bog’liqki, amaldagi qonunchilikka muvofiq, infekcion kasalliklar ihtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida bepul davolanadi. Bu shuningdek onkologik kasalliklarni davolashga hamda tug’ruqqa ko’maklashishga ham tegishli. Shuning uchun eng yuqori darajada himoyalanish uchun tibbiy Sug’urta polisini infekcion kasalliklar yuz berishini sug’urtalash polisi bilan birga sotib olish tavsiya etiladi. Bunday polisda kasalliklarning Aniq royhati ko’rsatiladi (qizamiq, gepatit, brucellyoz va h.k.), ular yuz berganda sug’urta summasiga foiz nisbatida sug’urta to’lovlari to’lanadi.

           Infekcion kasalliklar yuz berishini sug’urtalash polisi bahosiga kelsak, u tibbiy sug’urtalashga qaraganda ancha past. Tarif sug’urtalanadigan shahslarning eshiga, sug’urta summasiga mintaqaga bog’liq. Toshkent shahrida istiqomat qiladigan katta yoshdagi shah uchun tarif sug’urta summasining tahminan 1.5 foizini, Sirdarya viloyatida – 0.5% Farg’ona vodiysida – 2.0%  foizni tashkil qiladi. Bu mamlakatning turli mintaqalarida sog’liqni saqlash bo’yicha mavjuda statistika ma’lumotlari bilan izohlanadi. Sug’urta shartnomasini tuzishda potencial sug’urtalovchilarning haqiqiy joylashgan joyi

(shahar, qishloq) faoliyat sohasi hisobga olinishi va tegishincha, bazaviy tariflarga pasaytiruvchi koeffitsientlar qo’llanilishi mumkin.

              Ish beruvchi o’z hodimiga ikkita bir-birini to’ldiruvchi turdan iborat kompleks qoplamani emas, balki bittagina tibbiy sug’urtalash polisini taqdim etgan taqdirda ham, bu uning uchun ancha jiddiy yordamdir. Rag’batlantirish sifatida turli dasturlar va sug’urta summalaridan foydalanish, shuningdek hodimning oila a’zolarini ham sug’urtalanuvchi shaxslar qatoriga qo’shish mumkin.

              HAYOTNI UZOQ MUDDATLI SUG’URTALASH VA BONUS TO’LASH

            Avvalambor ta’qidlash joizki, «Sug’urta faoliyati tug’risida»gi O’zR Qonuniga muvofiq, sug’urta quyidagi sohalarga bo’linadi:

  •               Hayotni sug’urta qilish (jismony shahslarning hayoti, sog’lig’i, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog’liq manfaatlarini sug’urta qilish, bund shartnoma bo’yicha sug’urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda sug’urta pullarining sug’urta shartnomasida ko’rsatib o’tilgan oshirilgan foizni tez ichigo oluvchi bir martalik yoki davriy tulovlarini  (annuitetlarni) qamrab oladi);
  •           Umumiy sug’urta (shahsi, mulk sug’urta, javobgarlikni sug’urta qilish hamda hayotni sug’urta qilish sohasiga taalluqli bo’lmagan boshqa sug’urta turlari).

          «Bonus to’lab hayotni uzoq muddatli sug’urtalash» deb nomlanadigan sug’urta mahsuloti hayotni sug’urtalash tarmog’ining I sinfi asosida ishlab chiqrilgan. Uning yuqorida qayd etilgan mahsulotlardan (umumy sug’urtalash tarmog’ining 1 va 2 sinflari bo’yicha ishlab chiqilgan) farqi shundan iboratki, sug’urtalash davri bir yildan kam bo’lishi mumkin emas, vaholanki umumy sug’urtalashda bu davr 12 oydan oshmaydi.

       Hayotni bonus to’lab uzoq muddatli sug’urtalashning mohiyati jamg’ariluvchi va riskli funksiylarning birge qo’shib oliba borilishidan iborat. Jamg’ariluvchi qismni sug’urtalash davri davomida tulovlarni  har oyda, har chorakda, yarim yilda bir marta, bir yilda bir marta yoki vaqtning o’zida (13 oy va undan ortiq) kiritish mumkunligi tashkil etadi.

        Sug’urtalash muddati 13 oy bulganda mukofotlar sug’urta summasiga tahminan teng bo’ladi. Biroq, agar shartnoma uzoq muddatga (5 yil va undan ortiq) tuzilsa, sug’urta summasi sug’urta mukofoti mikdoridan ancha oshib ketadi. Shuni hisobga olish kerakki, mukofot miqdori sug’urta summasiga, sug’urtalangan shahsning yoshiga, sug’urta davriga, shuning dek sug’urta badallarini to’lash grafigiga bog’lik.

           Sug’urtalash davri tugaganda jamg’arilgan pul mablag’lari summasiga bonus – sug’urta tashkiloti hisobidan to’lanadigan qisim qoshib to’lanadi. Bonus miqdori unchalik katta bo’lmasa-da, asosiy afzallik ushbu mahsulot uchun amal qiladigan soliq imtiyolaridan iborat.

                Birinchi galda, O’zR Soliq kodeksining 179 – moddasi 28 – bandiga muvofiq, fuqarolarning soliq solinadigan va O’zbekistan Respublikasida sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziyaga ego bo’lgan yuridik shahslarga mol-mulkni sug’urta qilish hamda hayotni uzoq muddatli sug’urta qilish bo’yicha sug’urta mukofotlari to’lovi uchun yo’naltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlarining summalariga soliq solinmaydi (daromad solig’idan ozod qilinadi).

          Shuningdek, O’zR Soliq kodeksining 145 – moddasi 33 – bandido nazarda tutilishicha, O’zbekistan Respublikasida sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziyaga ego bo’lgan yuridik shahslarga mol-mulkni sug’urta qilish va hayotni uzoq muddatli sug’urta qilish bo’yicha to’lanadigan sug’urta mukofotlari summalari boshqa harajatlarga kiradi.

              Bundan tashqari, O’zR Soliq  kodeksining 307 va 172 – moddalariga ko’ra, hodimlar foydasiga sug’urta mukofotlarini to’lashga yo’naltirilgan summalarga (ular sug’urta shartnomasining ta’sir muddati tugagandan kegin oladigan sug’urta to’lovlariga ham) Ijtimoiy to’lov (25 %) hisoblanmaydi.

                Shuning uchun bunday sug’urta mahsulotining hodim uchun ham, ish beruvchi uchun ham foydaliligi yaqqol ko’rinib to’ribdi, chunki, hayotni uzoq. muddatli sug’urtalash imkoniyatlaridan foydalanib, hodimlar mehnatini rag’batlantirish uchun qudratli motivasion vositalarni yaratish bilan birga, bund korhonaning o’zi uchun anchagina katta tejamkorlikni ham ta’minlash mumkin.

          Ko’pchilik Savola Berisha mumkin: hayotni uzoq muddatli sug’urtalash doirasidagi bunday jamg’aruvchi vositaning Bank kiritmasidan Farqi nimada? Farqi shundaki, yuqorrida aytilganidek, shartnoma tuzayotganda, bir tomondan, bosqichma – bosqich pul jamg’armalarini to’plash Imkoniyati bo’ladi, boshqa tomondan – sug’urtalash davrining butun muddatiga sug’urta himoyasi beriladi. Qaltisli qism yoki sug’urta himoyasi o’ziga ikkita kaltislikni oladi: sug’urta davrini to’liq yashash va o’lim. Birinchi holda barcha jamg’arilgan summa bonus to’lanadi. Ikkinchi holda sug’urta summasi (bonussiz) to’lanadi, bo’nd sug’urtalovchi sug’urtalangan shahsning o’limigacha qancha badal to’lashga ulgurgani hisobga olinmaydi.

             Ko’rib chiqilayotgan mahsulot bo’yicha amaldagi soliq imtiyozlarini hisobga olsak, tashkilot faoliyatining ko’lamlari va hodimlarining sonidan qatiy nazar, hodimlarning hayotini uzoq muddatli sug’urtalash hodimlarni rag’batlantirishning samarali vositasi bo’lishi va bir vaqtning o’zida korhona uchun ham qo’shimcha tejamkorlik usullarini berishi mumkin.

               YANA NIMALARNI HISOBGA OLISH KERAK?

            Biz mahsulotni yoki hizmatni tanlashimizdan qa’tiy nazar, ishlab chiqaruvchi va ta’minotchini to’g’ri tanlash juda muhimdir. Sug’urta tashkilotini tanlashda nimalarga etibor berisha kerak? Avvalambor, etiborga molik jihatlar – ihtisoslashuv, bozorda ishlash tajribasi (aniq yo’nalishda) moliyaviy barqarorlik, sug’urtalangan shahslarga hizmat ko’rsatish bo’yicha hamkorlar, mijozlar bazasi (albatta, sizni qiiziktirayotgan mahsulot bo’yicha).

           Shuni ham hisobga olish kerakki, Arzon baho doim ham sug’urtalash bo’yicha hamkorni tanlashda hal qiluvchi omil bo’lmasligi kerak. Ba’zan, past narhlarda mahsulotni sotib oliyatganda, shunday vaziyatga tushib qolishingiz mumkinki, shartnoma shartlarida istisnolar soni juda ko’p bo’ladi, bu esa ohir-o’kibat baribir narhni oshirib yuboradi. Albatta, tavsiya olish ham hech qachon ortiqcha bo’lmaydi, chunki sug’urtalash uzoq muddatli hamkorlikni taqoza etuvchi sohadir.

            Ko’rib chikilgan mahsulotlar ro’yhatini davom ettirish mumkin. Mijoz uchun ko’proq maqbul bo’lgan paketlar ham taklif qilinadi. Kompleks sug’urtalash (bir necha turdan iborat sug’urtalash)da sug’urtalanuvchi Narh bo’yicha yanada foydaliroq takliflarni olishi mumkin.

          O’ylaymizki, jurnalxonlarimiz hodimlarni jalb qilish, molivasiyalash va ushlab turishning korporativ strategiyasini ishlab chiqishda hususy sug’urtalashni qo’llash qanchalik qiziqarli va samarali bo’lishi mumkinligi haqida muayyan xulosaga kelgan bo’lsalar kerak.