11 Fevral , 2020
Hayotni sug’urtalovchi kompaniyalar faoliyatida ishonchlilik va moliyaviy barqarorlikning asosiy ko’rsatkichi sug’urtalovchining majburiyatlarini o’z vaqtida bajarishi hisoblanadi. Shu sababli, sug’urta to’lovlarini amalga oshirish bo’yicha mijozlardan kelib tushayotgan sug’urta da’volarini ko’rib chiqish ustidan qat’iy nazorat olib borilmoqda.
2019-yil yakunlari bo’yicha «O’zbekinvest Hayot» MCHJ tomonidan amalga oshirilgan sug’urta to’lovlari hajmi 110,4 mlrd. so’mdan oshdi. Bu 2018-yilning shu davriga nisbatan 62,1 foizga ko’p.
Hisobot davrida 13,5 mingta murojaat hal qilindi (2018 yilning shu davriga nisbatan 141,6%), shundan 76% ga yaqini hududlarda. Bunda hududiy filiallarga to’g’ri keladigan to’lovlarning ulushi 70 foizdan oshdi.
To’langan to’lovlarning umumiy miqdoridan ixtiyoriy sug’urta turlari 97,36% ni tashkil etadi, majburiy turlar bo’yicha to’lovlar esa («Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq sug’urta shartnomalari bo’yicha) 2,64% ni tashkil etadi.