Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta

25 Avgust , 2018

Yon atrofdagi doimiy o‘zgarishlarga qaramay, o‘zgarmas qadriyatlar mavjud. Bizning sog‘lig‘imiz ham uning qatorida.

Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisi qo‘shimcha xarajatlarsiz sifatli tibbiy xizmat olish imkonini beradi. Sug‘urta hodisasi yuz berganda ixtisoslashgan assistans xizmatining malakali xodimlari zarur mutaxassisni tanlash, kerakli tashhis qo‘yish va tegishli muolajalarni olishga yordam beradilar. Bizning hamkorlar qatoriga butun respublikamiz bo‘ylab litsenziyalangan xizmatlar ko‘rsatuvchi yetakchi tibbiyot muassasalari va dorixonalar tarmoqlari kiradi.

Polis bahosi tanlangan (standart xizmatlarni hamda kengaytirilgan qoplamani o‘z ichiga oluvchi) dasturga, sug‘urta puliga, sug‘urtalangan shaxsning yoshi va sog‘ligining holatiga bog‘liq.

Biz quyidagi sug‘urta dasturlarini taklif etamiz:

ESKULAP:

  • Ambulator-poliklinika xizmatlari
  • Shifokorni uyga chaqirish

AVITSENNA:

  • Ambulator-poliklinika xizmatlari
  • Shifokorni uyga chaqirish
  • Tez va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam

ASKLEPIY (korporativ mijozlar uchun):

  • Ambulator-poliklinika xizmatlari
  • Tez va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam
  • Ambulator-poliklinika xizmati payitida sug‘urta pulining 20% gacha bolgan miqdorda dori-darmon ta‘minoti

GIPPOKRAT:

  • Ambulator-poliklinika xizmatlari
  • Shifokorni uyga chaqirish
  • Shifohonada davolanish

GALEN:

  • Ambulator-poliklinika xizmatlari
  • Shifokorni uyga chaqirish
  • Tez va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam
  • Shifohonada davolanish

PANATSEYA:

  • Ambulator-poliklinika xizmatlari
  • Shifokorni uyga chaqirish
  • Tez va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam
  • Shifohonada davolanish
  • Ambulator-poliklinika xizmati payitida dori-darmon taminoti
  • Kechiktirib bo‘lmaydigan stomatologiya xizmati

Mijozning hohishiga ko‘ra u yoki bu dasturga qo‘shimcha xizmatlar qo‘shilishi mumkin (emlash, profilaktika ko‘rigi va b.). Oilaviy va jamoa sug‘urtasida kamaytiruvchi koeffitsientlar nazarda tutilgan.

Mazkur maxsulotni alohida ish beruvchi tomonidan taqdim etilayotgan ijtimoiy imtiyozlar majmuasining bir qismi ko‘rinishida harid qilsa bo‘ladi. Tibbiyot muassasalarining xizmatlariga bolgan narxlar har zamonda oshib turishini hisobga olinsa, ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisini sotib olinishi sog‘liq bilan bog‘liq muammolar kelib chiqqanda sezilarli ko‘mak boladi.

Biz jismoniy shaxslar va korporativ mijozlar uchun individual ehtiyojlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan sug‘urta dasturlarini taklif etishdan mamnunmiz.