«O‘zbekinvest Hayot» – mijoz uchun takliflarni kengaytirish imko...

10 Aprel , 2012

Ta’kidlash joizki, hozirda milliy sug‘urtalovchilar faoliyatida sug‘urta vositachilariga, xususan, brokerlarga katta ahamiyat berilmoqda. Bu, birinchi navbatda, broker potensial sug‘urta qildiruvchilarning manfaatini himoya qilgan holda ishonchli xizmat yetkazib beruvchini tanlab beruvchi, moliyaviy konsultant rolini o‘ynashi bilan izohlanadi. Broker ishtiroki xalol raqobatni ragbatlantirib, sug‘urtalovchilar uchun mijozning ehtiyojlarini hisobga olgan takliflarni ishlab chiqishga ko‘maklashadi. Oxir oqibatda sug‘urta faoliyatining «triosi» sug‘urta xizmatlarining sifatini, shafofligini oshirishga ko‘maklashib, milliy sug‘urta bozorining eng muhim vazifasi – engsamarali moliyaviy dastak sifatida mamlakatda hayotni sug‘urtalashning ahamiyatini oshirishga imkon beradi.