8 Avgust , 2012
Uchrashuv chog’ida hamkorlikning turli yo’llari, O’zbekiston bozoridagi mavjud imkoniyatlarning afzallik jihatlari va milliy sug’urtachilar faoliyatiga xalqaro tajribalarni joriy etish masalalari muhokama etildi.
Koreya qayta sug’urta kompaniyasining vakili janob Kyoung Sub Lim qayd etishicha xalqaro sug’urta bozorida nufuzli ishtirokchiga aylangan «Korean Reinsurance Company» O’rta Osiyo hududining sug’urtachilari bilan ko’p yillik tajribaga ega. Rivojlanish dinamikasi hamda mavjud imkoniyatlarni, xususan hayotni uzoq muddatli sug’urtalash segmentida O’zbekiston bozorida hamkorlikni o’rnatish hamda rivojlantirish masalalari ustuvor yo’nalishlar sanaladi.
Ayni vaqtda tomonlar joriy yilning oktabr oyida rejalashtirilgan uchrashuvda muhokamasi kutilayotgan hamkorlikning turli yo’llari masalalarini faol ravishda ishlab chiqishga kelishib oldilar.