2 Noyabr , 2015
Shaxsiy sug’urtani rivojlantirish – milliy sug’urta bozorining asosiy yo’nalishlaridan biridir. «O’zbekinvest Hayot» SK kundalik hayotda ro’y berishi mumkin bo’lgan turli qaltisliklardan hayot va salomatlikni sug’urtalovchi mahsulotlarni taklif etadi.
2015 yilning 9 oyi mobaynida «O’zbekinvest Hayot» SKning yuridik va jismoniy shaxslardan yig’gan sug’urta mukofotlarining hajmi 15,6 mlrd so’mdan oshib, ushbu ko’rsatkich 2014 yilning shu davriga nisbatan 127 foizga ko’paydi. Hisobot davrida tuzilgan shartnomalar bo’yicha hayot va salomatlikni sug’urtalash majburiyatlari 1,1 martaga ortib, 1018,9 mlrd so’mdan ziyodni tashkil qildi.
«O’zbekinvest Hayot» kompaniyasi faoliyatining ixtisoslashuviga muvofiq, sug’urta portfelidagi mukofotlarning asosiy ulushi (96%dan ziyod) hayotni sug’urta qilish sohasidagi mahsulotlarga, shu jumladan majburiy turlarga to’g’ri keladi. Hayotni uzoq muddatga ixtiyoriy sug’urta qilishning ulushi esa kompaniya tomonidan yig’ilgan umumiy sug’urta mukofotlarining 74%ni tashkil etdi.
Mijozlar barcha xizmat turlaridan bemalol foydalanishlarini ta’minlash maqsadida «O’zbekinvest Hayot» SK filiallar tarmog’ini rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi. Hisobot davrida hududiy filiallarning kompaniya tomonidan yig’ilgan umumiy sug’urta mukofotlaridagi ulushi 2015 yilning I yarim yilligida erishilgan 63-chi pog’ona saqlab turibdi.
2015 yilga prognoz qilingan sug’urta mukofotlari yig’imini 2014 yilga nisbatan 140%ga o’sishini ta’minlash uchun kompaniya bir qator chora-tadbirlar ko’rmoqda. Xususan, kompaniya tomonidan kompleks sug’urtalashni ko’paytirish, hayotni uzoq muddatga sug’urtalash bo’yicha mahsulotlar turini kengaytirish hamda yangi mahsulotlar ishlab chiqish uchun iste’molchilarning mavjud talabini aniqlash bo’yicha ishlar olib borilmoqda.