2015 yilning 10 oyi davomida «O’zbekinvest Hayot» SK...

14 Dekabr , 2015

Shaxsiy sug’urtaning rivojlanishi yurtimizning sug’urta bozoridagi istiqbolli yo’nalishlardan bo’lish bilan birga, hayot va salomatlikni sug’urtalash bo’yicha xizmatlarni ko’rsatuvchi «O’zbekinvest Hayot» SKning ixtisosligi hamdir. Shunday qilib, 2015 yilning 10 oyi davomida yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan bitimlar bo’yicha sug’urta mukofotlari hajmi 17,6 mlrd. so’mdan oshdi. Ushbu ko’rsatkich o’tgan yilning mos davriga nisbatan 130 foizga ko’paygan.

 

Ko’rilayot davr mobaynida tuzilgan bitimlar bo’yicha sug’urta majburiyatlari 1,11 barobar o’sib, 1 trln. 229,8 mlrd. so’mdan oshdi.

 

2015 yilning 10 oyi davomida «O’zbekinvest Hayot» SKning tuzilgan bitimlar bo’yicha sug’urta majburiyatlari

 

Ko’rsatkich 

Hajmi, mlrd. so’m

O’sish

Sug’urta majburiyatlari

1 229,8 

1,11 barobar

 

Kompaniyaning sug’urta portfeli tuzilmasida mukofotlarning asosiy ulushi, uning ixtisosligidan kelib chiqqan holda hayotni sug’urta qilish sohasidagi mahsulotlarga to’g’ri kelib, 96 foizni tashkil etmoqda. Bunda hayotni uzoq muddatli ihtiyoriy sug’urta qilish turining ulushi sug’urta mukofotlarining umumiy hajmida deyarlik 73,3 foizdan iborat bo’ldi.    

 

«O’zbekinvest Hayot» SK sug’urta portfeli tuzilmasida mukofotlarning asosiy ulushi

 

Sug’urta turlari 

Ulush, %

Hayotni sug’urta qilish

96

Hayotni ihtiyoriy sug’urta qilish

73,3

 

Bu yo’nalishdagi ishlarda ko’rsatilayotgan xizmatlarga potensial iste’molchilar keng auditoriyasiga ega bo’lish imkonini beruvchi filial tarmoqlari faoliyatining rivojlanishi alohida ahamiyatga ega. Joriy yilning 10 oyi yakunlari bo’yicha sug’urta mukofotlarining umumiy hajmida hududiy filiallar ulushi 63,6 foizga o’sib, bu ko’rsatkich o’tgan yilning mos davrida 54,8 %ni tashkil etgan.