27 Yanvar , 2016
Sug’urta qilish bilan birga investitsiya faoliyati ham sug’urta tashkilotlari ishining asosiy yo’nalishi hisoblanadi. Investitsiya faoliyatining samaradorligi hayotni sug’urtalash kompaniyalari uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, bunda olingan daromadning bir qismi sug’urta to’lovlariga yo’naltiriladi.
2015 yil yakunlariga ko’ra, “Oʻzbekinvest Hayot” sug’urta kompaniyasining investitsiyalari hajmi avvalga yilga nisbatan 146 foizga oshdi. Hisobot davrida Kompaniyaning investitsiya portfeli quyidagi ko’rinishga ega bo’ldi: depozit omonat – 56,4 foiz, turli qimmatli qog’ozlar omonati – 39,9 foiz, investitsiyalarning boshqa manbalari – 3,7 foiz. Bunda qimmatli qog’ozlar omonatlarida aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarning ulushi deyarli teng yarimdan bo’lib, investitsiyalarning boshqa manbalarida qariyb 60 foizi tashkilotlarning ustav kapitalidagi ishtirokiga to’g’ri keladi. Ta’kidlash lozimki, asosiy bo’lgan 161,8 foiz o’sish Kompaniya tomonidan aksiyalarni xarid qilishning oshgani, shuningdek, 123,2 foizi mavjud mablag’larning banklar depozitlariga joylashtirilishi hisobiga ta’minlandi.
Kompaniya kelajakda muhim shartlardan biri – moliyaviy ishonchlilikning yuqori darajasini ta’minlagan holda maksimal samarali investitsiya faoliyatini amalga oshirishni ham niyat qilgan.