«O’zbekinvest Hayot» sug’urta kompaniyasida 20...

17 Fevral , 2016

2015 yilning 9 yanvarida “O’zbekinvest Hayot” sug’urta kompaniyasining markaziy ofisida barcha tuzilmaviy bo’limlar ishtirokida 2015 yildagi faoliyat yakunlariga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

 

Yig’ilish davomida barcha rejalashtirilgan tadbirlarning ijrosi tanqidiy nuqtai nazardan ko’rib chiqildi. Demak, sug’urta mukofotlarining o’sish prognozi 2014 yilga nisbatan 140 foiz deb belgilangan holatda amaldagi o’sish 133 foiz (21,8 mlrd.so’mdan ziyod)ni tashkil etdi. Amalga oshirilgan sug’urta to’lovlari hajmi 14,58 mlrd.so’mdan oshdi. Bu 2014 yilning shu davriga nisbatan 155,9 foiz o’sishni tashkil etdi. 2015 yilda investitsiyalar hajmining o’sishi 146 foiz, aktivlarning o’sishi esa 141,6 foizga teng bo’ldi.

 

Sug’urta mukofotlarining umumiy hajmida filial tarmoqlarining ulushi 65 foiz bo’lib (o’sish 117 foiz), umumiy amalga oshirilgan sug’urta to’lovlarida esa 43 foiz (o’sish 126 foiz)ni tashkil etdi.

 

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan imtiyozli xizmatlar bo’yicha olingan majburiyatlarning qiymati 364,5 mln.so’mni, sug’urta to’lovlari qiymati esa 3,35 mln.so’mni tashkil etdi (amaldagi shartnomalar bo’yicha 2016 yildagi to’lovlar prognozi 300 mln.so’m bo’lgan holatda).

 

O’tgan yilda Kompaniyaning agentlik tarmog’i 57 ta agentga ko’paydi, bu bilan sug’urta agentlarining soni (jismoniy va yuridik shaxslar) reyestr bo’yicha 138 taga yetdi. 2015 yilda sug’urta agentlari vositachiligida tuzilgan sug’urta shartnomalari bo’yicha tushumlarning ulushi umumiy hajmning 38,53 foizini tashkil etdi.

 

Shuningdek, 10 fevralda hududiy filiallarning direktorlari ishtirokida seminar o’tkazildi. Tadbir davomida sug’urtachilar faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarning ochiqligini oshirish,  sug’urta xizmatlarini amalga oshirishda axborot texnologiyalarini qo’llashni kengaytirish zarurati, sug’urta xizmatlarining xususiyatlari hamda sug’urta e’tirozlarini ko’rib chiqish tartibi to’g’risida axborot berish va tushuntirish ishlarini kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi” qonuni talablariga rioya qilish maqsadida amalga oshirilayotgan sug’urta operatsiyalari ustidan nazoratni ta’minlash mavzusiga ham e’tibor qaratildi.  

 

Yig’ilish yakunlariga ko’ra, Kompaniyaning 2015 yildagi faoliyati, umuman olganda, qoniqarli, deb topish to’g’risida qaror qabul qilindi. 2016 yil uchun tushumlar yig’imi bo’yicha prognoz kamida 2015 yilda qo’lga erishilgan o’sish darajasida, shu jumladan, aholi o’rtasida hayotni uzoq muddatli  sug’urta qilishning yangi turlarini keng tadbiq etish orqali bajarish belgilandi.

 

Shuningdek, “Sog’lom ona va bola” Davlat dasturini bajarish doirasida tadbirlarni amalga oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlar va kelib tushayotgan sug’urta e’tirozlarining sifati ustidan doimiy nazorat qilgan holda amaldagi sug’urta turlarini yanada takomillashtirish hamda yangi turlarini ishlab chiqish bo’yicha ishlarni olib borish rejalashtirilgan.