15 Mart , 2016
O’z majburiyatlarini vaqtida va to’liq bajarish – sug’urta tashkiloti faoliyatining muhim ko’rsatkichlaridan biridir. Ushbu faktor shaxsiy sug’urta bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi kompaniyalar, shu jumladan hayot va salomatlikni sug’urtalashga ixtisoslashgan «O’zbekinvest Hayot» SK ishida ayniqsa muhim o’rin tutadi.
«O’zbekinvest Hayot» SK taqdim etgan ma’lumotlarga ko’ra, 2015 yilda kompaniya amalga oshirgan sug’urta to’lovlarining hajmi 14,58 mlrd so’mdan ortgan va 2014 yilga nisbatan 155,9 foizga o’sgan.
2015 yilda «O’zbekinvest Hayot» SK tomonidan amalg oshirilgan sug’urta qoplamalari hajmi
|
Ko’rsatkich |
Hajmi (mlrd. so’m) |
O’sish (%) |
|
Sug’urta qoplamalari |
14,58 |
155,9 |
Hisobot davrida 7,84 mingta ariza tushgan bo’lsa, ulardan 7,81 mingtasi hal qilingan, qolganlari ko’rib chiqilmoqda.
Ixtisoslashuvidan kelib chiqib, kompaniya to’lagan mablag’larning 90,7 foizi ixtiyoriy turlarga to’g’ri keldi. O’z navbatida hayotni ixtiyoriy sug’urtalash shartnomalari bo’yicha amalga oshirilgan to’lovlarning ulushi umumiy to’lovlar hajmining 87,8% dan ziyodroqni tashkil qildi.
Sug’urta turlari bo’yicha 2015 yilda «O’zbekinvest Hayot» SK tomonidan amalga oshirilgan sug’urta qoplamalar ulushi
|
Sug’urta turlari |
Ulush (%) |
|
Ixtiyoriy sug’urta |
90,7 |
|
Hayotni ixtiyoriy sug’urta qilish |
87,8 |
O’zbekiston Respublikasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash to’g’risida”gi Qonuni ijrosi doirasida hisobot davrida amalga oshirilgan to’lovlar umumiy summaning 9,3 foizini tashkil qildi.
O’tgan yili tushgan sug’urta mukofotlarining miqdoriga nisbatan amalga oshirilgan to’lovlar ulushi 66,7% ga teng bo’ldi. Bu o’zaro nisbat ham sug’urta portfelida , ham kelayotgan sug’urta da’volari orasida hayotni sug’urtalash shartnomalari ko’pligi bilan bog’liq.
Filiallar tarmog’i faoliyatini rivojlantirish bo’yicha qilingan ishlarni nazarda tutgan holda ta’kidlash joizki, hisobot yilida hududiy filiallar amalga oshirgan to’lovlar ulushi umumiy hajmning 43 foizidan oshdi.