«O’zbekinvest Hayot» sug’urta kompaniyasi 2016...

2 May , 2016

Sug’urta kompaniyasi ishonchliligining muhim ko’rsatkichlaridan biri bu uning sug’urtalanganlardan kelib tushayotgan talablarni o’z vaqtida va to’liq bajarish qobiliyatiga ega bo’lishdir.  Bu, ayniqsa, shaxsiy sug’urta bo’yicha xizmat ko’rsatadigan kompaniyalar ishida juda muhimdir. Shaxsiy hayot va sog’liqni sug’urtalashga ixtisoslashgan  “O’zbekinvest Hayot” sug’urta kompaniyasi ham sug’urta e’tirozlariga katta e’tibor qaratmoqda.

 

2016 yilning 1-choragida amalga oshirilgan sug’urta to’lovlarniing hajmi  5,06 mlrd.so’mni tashkil etdi va bu 2015 yilning shu davridan 136,8 foizga ko’p bo’ldi. Hisobot davrida kelib tushgan arizalarning soni 1,73 tadan oshdi, shulardan qariyb 1,7 mingtasi hal etildi. Qolgan arizalar ko’rib chiqilmoqda.

 

Kompaniya tomonidan amalga oshirilgan to’lovlardan, uning ixtisoslashuviga mos holda, 92 foizdan ortig’i ixtiyoriy turlarga to’g’ri keladi. O’z navbatida, hayotni ixtiyoriy sug’urtalash shartnomalari bo’yicha to’lovlarning ulushi umumiy to’lovlarning 91 foizini tashkil etdi. Hisobot davrida O’zbekiston Respublikasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi qonunini amalga oshirish doirasida amalga oshirilgan  to’lovlar hajmi umumiy  qiymatning 8 foizini tashkil etdi. Ko’rib chiqilayotgan davrda amalga oshirilgan to’lovlarning kelib tushgan sug’urta mukofotlariga nisbatan ulushi 79,1 foizni tashkil etgan. Buni esa uning sug’urta portfelida ham,  kelib tushayotgan sug’urta e’tirozlarida, uzoq muddatli shartnomalarda ham ustunligi bilan izohlash mumkin. Filial tarmog’i faoliyatini rivojlantirish bo’yicha ishlar doirasida, aytish lozimki, hisobot yilida hududiy filiallar tomonidan amalga oshirilgan to’lovlarning ulushi umumiy hajmning yarmilan ko’pini tashkil etdi.