2016 yilning 1 choragida «Oz’bekinvest Hayot» SK inv...

2 May , 2016

Samarali investitsion faoliyat yuritish – hayotni sug’urtalash bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar uchun sug’urta mahsulotlarini sotish kabi muhim yo’nalishlardan biri hisoblanadi. 2016 yilning birinchi choragi yakuniga ko’ra, “Oz’bekinvest Hayot” SK investitsiyalar hajmining o’sishi 2015 yilning shu davriga nisbatan 140 foizni tashkil etdi.

 

Hisobot davrida Kompaniya investitsion portfelining tuzulmasi quyidagi ko’rinishda namoyon bo’ldi: depozit  omonatlar – 54,8%, turli qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalar– 39,9%, investitsiyalarning boshqa manbaalari   – 5,3%.

 

O’z navbatida qimmatli qog’ozlar portfelini 47,1 foiz hajmidagi aksiyalar va 52,9% ulushga ega boshqa qimmatli qog’ozlar tashkil etdi. Investitsiyalarning boshqa manbaalari segmentining 69,5 foizi tashkilotlar ustav jamg’armasidagi ishtirokka to’g’ri keladi.

 

Moliyaviy ishonch darajasini yuqori ushlab turish uchun Kompaniya o’z faoliyatida qaltisliklarni qayta sug’urtalash yo’li bilan boshqarish siyosatini amalga oshirish bilan birga, mavjud resurslarni samarali investitsiyalash bo’yicha ishlarni davom ettirib, sug’urta operatsiyalari daromadliligini oshirib boradi.