«O’zbekinvest Hayot» SK taklif etilayotgan mahsulotl...

21 Iyun , 2016

«O’zbekinvest Hayot» SK ning ixtisoslashuvi – hayot va salomatlikni sug’urta qilish bo’yicha xizmat ko’rsatish  bo’lgani uchun taklif etilayotgan mahsulotlarning  amaldagi va potensial mijozlar uchun jozibadorligini doimiy oshirish zarurdir.

 

Sug’urtalash va qayta sug’urtalash bo’yicha o’tkazilgan IX Toshkent xalqaro forumida Kompaniyaning chet ellik hamkorlari – Crossborder Health Partners (Buyuk Britaniya, London) va AGA International S.A. (Rossiya) vakillari ishtirok etishdi.  Bo’lib o’tgan amaliy uchrashuvlar yakunida bir qator kelishuvlarga erishildi. Xususan, salomatlikni sug’urtalashga qaratilgan aralash xarakterdagi hamkorlik mahsulotlarini ishlab chiqish –  muhim yo’nalishlardan biri sifatida belgilandi. Yana bir yo’nalish – tibbiy harajatlarni sug’urtalash bo’yicha amaldagi mahsulotlarni sug’urta dasturlari, shuningdek, taklif etilayotgan tariflar variantlarini kengaytirish maqsadida qayta ko’rib chiqishdir.

 

Milliy bozorga xalqaro bozor takliflariga o’xshash mahsulotlarni joriy qilish Kompaniya faoliyatini rivojlantirishda ustivor jihatlaridan biri hisoblanadi. Mahalliy sug’urtalovchilarning iste’molchilarga xalqaro darajadagi mahsulotlardan foydalanish imkonini beruvchi xizmatlar ko’rsata olishi milliy sug’urta sohasining  umumiy sifat darajasining muhim ko’rsatkichi bo’ladi. Shu tufayli «O’zbekinvest Hayot» SK shu yilning oxiriga qadar chet ellik sheriklar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha qo’yilgan vazifalarga erishishga yo’naltirilgan bir qator choralar ko’rishni rejalashtirmoqda.