3 Mart , 2020
Tibbiy yordam olish uchun Siz quyidagi har qanday uslubda assitans xizmati bilan bog’lanishingiz lozim:
1. Saytda ko’rsatilgan elektron manzil bo’yicha allianz-assistance-contact.ru
· BEPUL INTERNET-QO’NG’IROQDAN FOYDALANISH ORQALI. Buning uchun bog’lanish mumkin bo’lgan Wi-Fi tarmog’iga ulanish. Bu ovozli so’zlashishni amalga oshirish va roumingga xarajat qilmaslik imkonini beradi;
· WEB-CHATDAN FOYDALANISH. Assistans xodimlari xabarlarga on-layn tarzida javob beradirlar, yozishmalarning barcha tarixi esa murojaatlar to’g’risidagi ma’lumotlarda saqlanadi;
· QAYTA ALOQA SHAKLIDAN FOYDALANISH. Sug’urtalangan shaxs o’zining aloqaga chiqish ma’lumotlarini va so’rovini qoldiradi, assistans xodimlari esa tavsilotlarni aniqlash va/yoki yordam ko’rsatishni tashkil etish uchun u bilan bog’lanishadi.
Servis kompaniyasi xodimlari ingliz, rus va turk tillarida xizmat ko’rsatishlari mumkin.
Tibbiy yordam olishga zarurat tug’ilganda Siz Assistans xizmatining xalqaro dispetcherlik markaziga
+7 (495) 212 21 43 (Moskva, Rossiya) telefon raqami orqali murojaat qilib, quyidagi ma’lumotni berishingiz kerak:
Assistans xizmatining dispetcherlik markazi bilan bog’lana olmasangiz, Siz sug’urta hodisasi bilan bog’liq xarajatlarni o’zingiz mustaqil to’lashingiz mumkin. Shundan so’ng xarajatlarni qoplash uchun yozma shaklda bizga bo’lib o’tgan hodisa haqida quyidagilarni taqdim etgan holda xabar berishingiz lozim:
Ambulator davolanish uchun xarajatlarni qoplash sifatida sug’urta to’lovlarini amalga oshirish uchun faqat to’langan schyotlar qabul qilinadi. To’lanmagan schyotlar taqdim etilganda yozma tushuntirishlar ham taqdim etilishi kerak. To’lanmagan schyotlar kompaniyaga ular olingandan keyin 15 (o’n besh) kalendar kuni ichida quyidagi elektron pochta orqali yuborilishi lozim: info@uzhayot.uz
Baxtsiz hodisa munosabati bilan sug’urta pulini olish uchun arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Shuningdek, yuz bergan baxtsiz hodisaning xarakteri va holatlariga qarab, sug’urta hodisasi yuz berganligini aniqlash uchun zarur boshqa hujjatlar ham so’ralishi mumkin.
Ariza va kerakli hujjatlar (rus, ingliz, fransuz, nemis tillaridan boshqa tilda tuzilgan hujjatlarning notarial tasdiqlangan tarjimasini ilova qilgan holda) sug’urta kompaniyasi yoki Assistans xizmatiga Siz O’zbekistonga qaytgandan kundan boshlab, yoxud Siz uzoq muddat O’zbekistondan tashqarisida bo’lsangiz hodisa yuz bergan paytdan 30 (o’ttiz) kalendar kuni ichida quyidagi manzilga taqdim etilishi lozim:
«O‘zbekinvest Hayot SK» AJ: O’zbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent sh., Oybek ko’chasi, 36 uy.