22 Yanvar , 2019
«Farovon» sug’urta mahsuloti – bu uzoq muddatga sug’urta himoyasini ta’minlashga qaratilgan unifikatsiyalangan dastur. «Farovon» sug’urta mahsulotining asosiy mohiyati pul jamg’arish va moliyaviy barqaror kelajak imkoniyatini beruvchi ishonchli sug’urta himoyasini ta’minlashdan iborat.
Sug’urta shartnomasining asosiy shartlari:
– sug’urtalangan shaxs sug’urta muddati kunida hayot bo’lsa (bu holda sug’urta puli miqdori barcha to’langan badallar yig’indisiga va Sug’ura kompaniyasidan berilgan qo’shimcha bonusga teng);
– sug’urtalangan shaxs sug’urta davrida, qoidalarda qayd etilgan holatlar hodisalardan boshqa barcha holatlarda vafot etganda to’lanadi.
Soliq imtiyozlari:
Ushbu yo‘nalishni rivojlantirish va aholining himoyalanganligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qo‘shimcha soliq imtiyozlari taqdim etilgan:
– jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar uzoq muddatga sug‘urtalash uchun sug‘urta mukofotlari to‘lashga yo‘naltirilgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi (daromad solig‘iga tortilmaydi, O‘zR SK 378-moddasining 15-bandi).