Farovon

22 Yanvar , 2019

«Farovon» sug’urta mahsuloti – bu uzoq muddatga sug’urta himoyasini ta’minlashga qaratilgan unifikatsiyalangan dastur. «Farovon» sug’urta mahsulotining asosiy mohiyati pul jamg’arish va moliyaviy barqaror kelajak imkoniyatini beruvchi ishonchli sug’urta himoyasini ta’minlashdan iborat.

 

Sug’urta shartnomasining asosiy shartlari:

 

  1. Sug’urta davri – 370 kun;
  2. Sug’urta puli miqdori sug’urtalangan shaxs (mijoz) tomonidan belgilanadi, shundan so’ng Sug’urta kompaniyasi sug’urta mukofotini hisoblab chiqadi;
  3. Sug’urta mukofotining miqdori sug’urta puliga, sug’urtalangan shaxsning yoshiga va badallarni to’lash tartibiga bog’liq;
  4. Sug’urta pulini to’lash Sug’urtalangan shaxsga (Naf oluvchiga):

– sug’urtalangan shaxs sug’urta muddati  kunida hayot bo’lsa (bu holda sug’urta puli miqdori barcha to’langan badallar yig’indisiga va Sug’ura kompaniyasidan berilgan qo’shimcha bonusga teng);

– sug’urtalangan shaxs sug’urta davrida, qoidalarda qayd etilgan holatlar hodisalardan boshqa barcha holatlarda vafot etganda to’lanadi.

  1. Sug’urtalangan shaxslarning yoshi – 18 dan 60 yoshgacha, sug’urta amal qilishi muddati oxirida 65 yoshdan oshmasligi lozim.

 

Soliq imtiyozlari:

 

Ushbu yo‘nalishni rivojlantirish va aholining himoyalanganligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qo‘shimcha soliq imtiyozlari taqdim etilgan:

 

– jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar uzoq muddatga sug‘urtalash uchun sug‘urta mukofotlari to‘lashga yo‘naltirilgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi (daromad solig‘iga tortilmaydi, O‘zR SK 378-moddasining 15-bandi).