2015 yilning 10 oyi mobaynida «O’zbekinvest Hayot» S...

27 Noyabr , 2015

Uzoq muddatli sug’urta turlarini amalga oshiruvchi sug’urta tashkilotlarining ishida investitsiya faoliyati xuddi sug’urta faoliyati singari muhim ahamiyatga ega. Joriy yilning 10 oyi mobaynida “O’zbekinvest Hayot” SK investitsiyalari hajmining o’sishi o’tgan yilga nisbatan 150 foizni tashkil qildi.

 

Ko’rilayotgan davrda Kompaniyaning investitsiya portfeli quyidagi tuzulmaga ega bo’ldi: depozit qo’yilmalar – 56,2%,turli qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalar   – 40,1%,   investitsiyalarning boshqa manbaalari – 3,7%.  Bunda qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalarning asosiy ulushi aksiyalar hissasiga to’g’ri keladi – 51,8%, boshqa investitsiyalarda  qariyb uchdan ikki hissasi ustav kapitalidagi ishtirokka to’g’ri kelsa, to’rtdan uch qismi hayotni sug’urtalash shartnomalarida kafolatlangan zaymlarga to’g’ri keladi. Ta’kidlash kerakki, o’sish asosan Kompaniya tomonidan aksiyalar sotib olish ko’paytirilganiga (171,1%), shuningdek, mavjud mablag’larni bank depozitlariga joylashtirish (171,3%) hisobiga ta’minlangan.

 

Kompaniyaning investitsion faoliyati samarali investitsiyalashning asosiy prinsiplariga mos tarzda amalga oshirilib, u  naf oluvchining talablari bo’yicha majburiyatlarni bajarishga yo’naltiriladigan mavjud pul resurslarining ishonchli o’sishini ta’minlaydi.