9 oy davomida «O’zbekinvest Hayot» SKning amalga osh...

3 Noyabr , 2015

Shaxsiy sug’urtaning rivojlanishi mahalliy sug’urta bozori faoliyati hamda  hayot va salomatlikni sug’urta qilish bo’yicha xizmatlarni ko’rsatuvchi «O’zbekinvest Hayot» SK ixtisosligining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Shunday qilib, 2015 yilning 9 oyi davomida kompaniyaning amalga oshirgan sug’urta qoplamalari hajmi 10,5 mlrd. so’mdan oshdi. Mazkur ko’rsatkich o’tgan yilning mos davriga nisbatan 151,5 foizga o’sgan.

 

Ko’rilayotgan davr mobaynida 6690 ta arizalar qabul qilinib, ularning 6650 tasi o’z yechimini topgan bo’lsa, qolganlari xozirda ko’rib chiqilmoqda.

 

Kompaniyaning ixtisosligidan kelib chiqqan holda qoplamalarning eng katta ulushi, ya’ni 90 foizdan ko’pi ihtiyoriy sug’urta turlariga to’g’ri kelmoqda. O’z navbatida hayotni ihtiyoriy sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha qoplamalar ulushi umumiy hajmda 87 foizni tashkil etadi.

 

2015 yilning 9 oyi davomida qoplamalar ulushi

 

 Ko’rsatkich   

Qoplamalar ulushi (%)

Ixtiyoriy sug’urta turlari  

90

Jumladan, hayotni ixtiyoriy sug’urta qilish

87

 

 

 O’zbekiston Respublikasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi Qonunining ijrosi yuzasidan ko’rilayotgan davr mobaynida amalga oshirilgan qoplamalar umumiy mablag’dan 9,2 foizni tashkil etdi.

 

Ishlab chiqarish sohasidagi qoplamalar ulushi kelib tushgan sug’urta mukofotlari hajmiga nisbatan 67 foizni tashkil etib, ham sug’urta portfelida, ham hayotni sug’urtalash shartnomalarining yechimini topgan sug’urta davolari qatorida ustunlikka ega ekanligidan dalolatdir. 

Joriy yilning 9 oyi davomida hududiy filial tarmog’i faoliyati amalga oshiriligan qoplamalarda deyarli 37 foizlik ulush bilan tavsiflanayotgan bo’lsa, yig’ilgan umumiy sug’urta mukofotlari ulushi esa 64 foizni tashkil etmoqda. Bu o’z navbatida mamlakatimiz hududlarida hayot va salomatlikni sug’urtalashning rivojlanish ko’rsatkichlaridan darak beradi.