Baxtsiz hodisalardan sug’urtalash ishchilar ijtimoiy himoyasinin...

13 Noyabr , 2014

 

Sug’urta instituti ish beruvchilarga shu kabi “shtatdan tashqari” holatlar uchun ishchilarining himoyasini ta’minlash usulini taklif qilishi mumkin. Yuqorida qayd etilgan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash haqidagi qonun doirasida sug’urta himoyasi ishchi tomonidan o’z majbauriyatlarini bajarish vaqtida yuz bergan baxtsiz hodisa yoki professional kasallik oqibatlarining qoplab berilishini nazarda tutadi. Korxona hududidan yoki ish vaqtidan tashqarida yuz bergan har qanday holat sug’urta holati hisoblanmaydi.

Biroq, baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sug’urta shartnomasi tuzilgan bo’lsa, u bo’yicha to’lovlar amalga oshiriladi. Qayd etish kerakki, ixtiyoriy sug’urta shartnomasida ishlab chiqarish jarohatining qoplab berilishi ko’zda tutilgan bo’lsa, jabrlangan ishchi ikkala shartnoma bo’yicha ham to’lovlar oladi. Odatda ixtiyoriy sug’urta shartnomasi tomonidan qoplanadigan xatarlar to’plamiga jarohatlanish va/yoki boshqa salomatlik buzilishi, salomatlikning barqaror shikastlanishi (nogironlik) va sug’urtalangan shaxsning o’limi kiradi. To’lovlar sug’urtalangan shaxs uchun belgilangan sug’urta summasi hajmidan foiz nisbatida amalga oshiriladi. Jarohat yoki boshqa shikastlanish olingan holda to’lov qiymati sug’urta shartnoasiga ilova qilinadigan sug’urta to’lovlari jadvali bo’yicha jarohatlar jiddiyligidan kelib chiqqan ravishda hisoblanadi. Sug’urtalangan shaxsga nogironlik berilganida, to’lovlar uning darajasidan kelib chiqqan holda, shartnomada kelishilgan qiymatda belgilanadi. Sug’urta qilingan shaxsning o’limi yuz bergan tarzda, sug’urta kompaniyasi to’lovni olish huquqiqa ega bo’lgan shaxslarga sug’urta summasining to’liq hajmini to’lab beradi. Shu o’rinda, ko’pchilik sug’urtachilar sug’urta holati aniqlanishiga kiritish shart emas, deb o’ylaydigan yana bir qoplanadigan xatar mavjud. Bu – vaqtincha moddiy daromad pasayishiga olib kelgan jarohatlanish va/yoki salomatlikka yetkazilgan boshqa zarar.

Baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sug’urta shartnomasida ishlab chiqarishda olingan jarohatlar, shuningdek vaqtincha moddiy daromad pasayishi xatarining qoplanishi ko’zda tutilgan. Masalan, shaxsiy sug’urta summasi 20,0 mln. so’m miqdorida belgilangan, vaqtincha moddiy daromad pasayishi xatari bo’yicha to’lov qiymati uzluksiz davolanishning 14 kunidan boshlab, ammo 90 kundan ortiq bo’lmagan holda, har bir ish kuni uchun 10,0 ming so’m darajasida belgilangan.

Misol. Qurilish maydonchasida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida ishchi yiqilib, qo’shma jarohat oladi – “Suyak bo’laklari surilish bilan katta boldir suyagi sinishi (8 hafta mobaynida immobilizatsiya bilan ochiq repozitsiya). Yelka chiqishi. Tos va yelka oldida ko’plab kesilishlar”. Bir nechta jarohat olingan holda, to’lovlar hisobi umumlashtirilgan ravishda, ya’ni har bir jarohatli shikastlanishga alohida amalga oshiriladi (jadvalda maxsus istisnolar bo’lmagan holda). Mazkur vaziyatda sug’urtalanganga quyidagi miqdorda to’lov taqdim qilinadi: suyak bo’laklari surilish bilan katta boldir suyagi sinishi: 15% +5% (suyak bo’laklari surilishi mavjudligini inobatga olgan holda) +10% (jarrohlik amaliyoti uchun); yelka chiqishi: 10%; tos va yelka oldida ko’plab kesilishlar: 3% (tana ustidagi 4% shikastlanish umumiy maydonidan kelib chiqqan holda); jami bo’lib – sug’urta summasining 43%, pul qiymatida 8,6 mln. so’mni tashkil qiladi. Bundan tashqari, “vaqtincha moddiy daromad pasayishi” xatari bo’yicha 10,0 ming so’m x 40 (gips yechilishidan avval ish kuni soni va filiodavolanishdan so’ng 5 kun – kasallik varaqasi yopilgunicha) = 400,0 ming so’m to’lab beriladi. Jami bo’lib jabrlangan ishchi 9,0 mln. so’mga teng qoplama oladi.

Albatta, ushbu to’lovlar IFJMS shartnomasi bo’yicha amalga oshiriladigan to’lovlarga bog’liq emas.

Baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sug’urta shartnomasida esa faqatgina maishiy jarohatlarning qoplab berilishi ko’zda tutilgan (ishlab chiqarishdagi jarohatlardan tashqari).

Misol. Erkak kishi uyining tomini ta’mirlash vaqtida, sirpanib, pastga yiqilib tushdi va jarohatlar oldi – “Qovurg’a sinishi. Old yelka chiqishi. O’ng tos yumshoq to’qimalari gematomasi”. Sug’urta to’lovlari jadvaliga muvofiq, sug’urtalangan shaxsga quyidagi to’lovlar taqdim qilinadi: qovurg’a sinishi: 5%; o’ng tos yumshoq to’qimalari gematomasi: 1%; jami bo’lib: sug’urta summasining 11%, pul qiymatida 1,1 mln. so’mni tashkil qiladi.

Bu holatda IFJMS shartnomasi bo’yicha to’lovlar nazarda tutilmagan, ammo ishchilar baribir baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sug’urta shartnomasi bo’yicha to’lovga ega bo’lishadi. Shu sababdan, ishonch bilan aytish mumkinki, mazkur ikki shartnoma bir-birini to’ldirib turadi.

Baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sug’urta qiymatiga keladigan bo’lsak, bunda tarif sug’urtalanuvchining faoliyati turi, sug’urtalangan shaxslar soni, sug’urta summasi hajmi, sug’urta muddati, qoplanish hududi, qoplanadigan xatarlar majmuasidan kelib chiqadi va o’rtacha 0,3 foizdan 1 foizgacha bo’lishi mumkin.

Endi baxtsiz hodisalardan sug’urtalash ishchilarning ijtimoiy muhofazasida qay tarzda qo’shimcha mexanizm vazifasini o’tashi mumkinligiga e’tibor qaratsak. Birinchidan, ish beruvchi tomonidan ishchilar foydasiga istalgan sug’urta turining qo’llanilishi, tabiiyki, rag’batlantiruvchi vositadir. Vaholanki, shakli va vazifasidan kelib chiqqan holda, sug’urtaning mavjudligi ishchiga yo qo’shimcha xizmatlarni (masalan, tibbiy xizmat ko’rinishida) yoxud pulli to’lovlar olish imkonini yaratadi. Bunda ishchi olgan pul vositalari soliqqa tortilmaydi (O’zR SK 178 (19), 179 (22) moddalari). Ikkinchidan, ishchilarning ixtiyoriy sug’urtasi nafaqat ular uchun, balki korxona uchun ham foydali, chunki ixtiyoriy sug’urta turlari bo’yicha to’lanadigan sug’urta summalari (mulk sug’urtasi va uzoq muddatli hayot sug’urtasidan tashqari) – qo’shimcha qiymat solig’i va aksiz solig’i bilan mahsulot (xizmat, ishlar) sotilishidan kelgan foyda hajmidan 2 foiz atrofida – majburiy sug’urta turlari bo’yicha chegirmalar barobarida qolgan xarajatlarga kiradi (O’zR SK 141 (4), 145 (32-34) moddalari). Uchinchidan, ixtiyoriy sug’urta turlaridan foydalanish korxona xarajatlarini qisman kamaytirishi mumkin. Masalan, kollektivlik shartnomasida shazarda tutilgan tovon to’lovlari qatoriga yana bir imkoniyat sifatida xarid qilinayotgan sug’urta mahsulotlarini qo’llash orqali. Va nihoyat, ishchilar foydasiga ixtiyoriy sug’urta shartnomasining mavjudligi – ijtimoiy paket tarkibi va tashkilotda qo’llaniladigan rag’batlantiruvchi vositalar sifatida sezilarli ustunlikdir. Bu esa, o’z navbatida, istiqbolli kadrlarni jalb etish va ushlab qolish sohasida ish beruvchining raqobatbardoshligini oshirish, ijtimoiy himoyalanganlikni va ishchilarning qoniqishini mustahkamlash barobarida, tejalishga erishish yo’lida xizmat qiladi.