2 May , 2016
Mamlakatimiz sug’urta bozorining ustivor vazifalaridan biri bu shaxsiy sug’urtani rivojlantirishdir. O’z navbatida, fuqarolarga o’zi va yaqinlarini ishonchli sug’urta bilan ta’minlash imkoniyatini berish “O’zbekinvest Hayot” sug’urta kompaniyasi faoliyatining asosini tashkil etadi.
Joriy yilning I choragi yakunlariga ko’ra, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan “O’zbekinvest Hayot” sug’urta kompaniyasidan olingan sug’urta mukofotlarining qiymati 6,4 mlrd. so’mdan oshib, 2015 yilning shu davriga nisbatan 134 foizga o’sishni ta’minladi. Ko’rib chiqilayotgan davrdagi amalda bo’lgan hayot va sog’liqni sug’urtalash shartnomalari bo’yicha sug’urta majburiyatlari hajmi 280,9 mlrd. so’mdan oshdi va o’tgan yilga nisbatan 21,1 foizga ko’paydi.
“O’zbekinvest Hayot” sug’urta kompaniyasi sug’urta portfeli tuzilmasida mukofotlarning asosiy ulushi (98 foizdan ko’pi), kompaniya ixtisosligiga ko’ra, hayotni sug’urtalash sohasiga, shu jumladan, majburiy turlariga to’g’ri keldi. O’z navbatida, hayotni uzoq muddatli sug’urtalashning ixtiyoriy turlarining ulushi sug’urta mukofotlari umumiy yig’imida 79 foizdan oshdi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan 54 foizga o’sdi.
Kompaniya faoliyatining xususiyatini hisobga olib, filial tarmog’ining rivojlanishi ham muhim yo’nalishlardan biri hisoblanadi. O’tgan davrda “O’zbekinvest Hayot” sug’urta kompaniyasining sug’urta mukofotlari umumiy yig’indisida hududiy filiallarning ulushi 68,2 foizini tashkil etdi, 2015 yilning I choragida bu ko’rsatkich 62 foiz darajasida bo’lgan edi.
Kompaniya faoliyatini yanada rivojlantirish amaldagi mahsulotlarni takomillashtirish va yangilarini ishlab chiqish, iste’molchilarning afzal ko’rgan jihatlarni kuzatish, sug’urta e’tirozlarini muvofiqlashtirish sifatini oshirish va ko’rsatiladigan xizmatlarga ko’zlangan auditoriyaning turli toifalariga yo’l ochib berish uchun agentlik tarmog’ini kengaytirishni taqozo etadi.