17 Aprel , 2015
14 aprelda «O’zbekinvest Hayot» SK DXO muassislarining umumiy yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda «O’zbekinvest Hayot» SKning sug’urta mukofotlarini (valovыx straxovыx premiy) yig’ish va daromadlilikni ta’minlash prognoz ko’rsatkichlari bo’yicha 2014 yilgi faoliyati yakunlari ko’rib chiqilib, kelgusi davrga mo’ljallangan biznes-reja tasdiqlandi.
Ta’kidlanganidek, so’nggi yillarda harajatlarning katta qismi sug’urta qoplamalari(straxovыye vыplatы) (50%dan ziyodi) va sug’urta rezervlarini o’zgartirilishi (30%dan ziyod) hisobiga to’g’ri kelayotgan bir paytda, daromad asosan sug’urta faoliyati hisobiga (90%ga yaqini) shakllantirilmoqda. Bu kompaniyaning faoliyati hayotni suhurtalash ekanligi bilan bog’liqdir.
YIg’ilish davomida «O’zbekinvest Hayot» SK DXOning 2014 yildagi faoliyatini umuman olganda qoniqarli deb tan olish haqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, O’zbekinvest Hayot» SKni 2015 yilda rivojlantirish biznes-rejasi tasdiqlandi. Unga muvofiq, kompaniya daromadliligiga sug’urta faoliyatidan tushadigan daromadlar va shu qatorda qayta sug’urtalash operatsiyalari va investitsion qo’yilmalar samaradorligi hisobiga erishiladi.
Ta’kidlash joizki, «O’zbekinvest Hayot» SK faoliyatining boshidanoq sug’urta tashkilotlariga nisbatan qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilgan holda ish yuritib, ko’rsatilayotgan xizmatlar va mijozlar qoniqishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu yo’nalishni ISO sifat menejmenti tizimini joriy qilishga tayyorgarlik ishlarini boshlash hisobiga mustahkamlash ham rejalashtirilgan.
Qo’shimcha qilish kerakki, bugungi kunda «O’zbekinvest Hayot» sug’urta kompaniyasi shaxsiy sug’urta sektorida yetakchi o’rinlardan birini egallab turibdi. Hayotni uzoq muddatga sug’urtalashning ahamiyatini e’tiborga olib 2009 yilda kompaniya muassisslarining tarkibi kengaytirilgan edi. Bugungi kunda “O’zbekinvest” EISMKning kompaniya Nizom jamg’armasidagi ulushi 80% , “Kafolat” DASK AJning ulushi esa 20%ga tengdir.