29 Dekabr , 2014
«O’zbekinvest Hayot» sug’urta kompaniyasi hayot va salomatlik sug’urtasi bo’yicha ixtisoslashtirilgan xizmatlarni taqdim etish orqali, asosiy ko’rsatkichlarning jadal sur’atlarda o’sishini ta’minlashda davom etib kelmoqda. Shu tariqa, joriy yilning 10 oyi yakunlariga ko’ra, sug’urta mukofotlari hajmining amaldagi o’sishi 2013 yilning mos davriga nisbatan deyarli 46 foizga yetdi.
Sug’urta mukofotlarining o’sish sur’ati kompaniya tomonidan tuzilayotgan sug’urta shartnomalari bo’yicha qabul qilingan majburiyatlar hajmining ham oshishiga sabab bo’lmoqda. 2014 yilning 31 oktyabr holatiga sug’urta majburiyatlari hajmining o’sishi qariyb 20 foizni tashkil qildi. Bundan tashqari, sug’urta mukofotlarini hajmining o’sish sur’atlarini oshirish qatorida, sug’urta xizmatlarining istiqbolli mijozlarini keng qamrab olish ham muhim ahamiyatga ega. Bu holat esa o’z navbatida, sug’urta shartnomalari sonida aks etadi. Ko’rilayotgan davrda mazkur ko’rsatkich deyarli 2,7 barobarga o’sdi.
«O’zbekinvest Hayot» SK faoliyati ko’rsatkichlari 2014 yil 10 oy:
Shu o’rinda, ko’rsatib o’tilgan ko’rsatkichlar bo’yicha hududiy filiallarning ulushlarini ham alohida qayd etish zarur. Sug’urta mukofotlarini yig’ish bo’yicha hududiy bo’linmalarning ulushi 55 foizga yaqin bo’lsa, sug’urta majburiyatlari va tuzilgan bitimlar bo’yicha muvofiq tarzda qariyb 87 va 98 foizni tashkil qilmoqda. Xususan, hududiy bo’linmalar aholi bilan manzilli faoliyat olib borayotgan bo’lib, bu holat chakana savdolar miqdorining ortishiga sabab bo’lmoqda.
«O’zbekinvest Hayot» SK hududiy bo’linmalari faoliyatining ko’rsatkichlari 2014 yil 10 oy:
Qo’shimcha qilish joizki, «O’zbekinvest Hayot» sug’urta kompaniyasi shu yilning oxiriga qadar belgilangan prognoz ko’rsatkichlarini bajarish qatorida, mavjud mahsulotlarni modernizatsiya qilish bo’yicha qator ishlarni yakunlashni rejalashtirgan bo’lib, ular kelgusida kompaniya faoliyatining asosiga aylanadi.