12 May , 2011
Bugungi kunda «O’zbekinvest Hayot» sug‘urta kompaniyasi hayotni bonusli sug‘urtalash, ta’lim uchun hayotni sugurtalash, nikoh qurish uchun hayotni sug‘urtalash, qarzdorning hayotini sug‘urtalash, tibbiy sugurta baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash va ko‘pgina boshqa sug‘urta mahsulotlarini taqdim etmoqda. Kompaniya tomonidan yig‘ilayotgan sug‘urta mukofotlari hajmlari har yili 130% ga o‘sib kelmoqda. OTB missiyasi bilan uchrashuv yakunida mamlakatimizda sug‘urtani, xususan, hayotni sug‘urta qilish soxasini rivojlanishiga qiziqish bildirildi.