«O’zbekinvest Hayot» sug‘urta kompaniyasi va Yaponiy...

12 May , 2011

O‘zbekiston bozori yanada rivojlanish va kengayish uchun ulkan salohiyatga ega ekanligi ta’kidlanib, Yaponiya tajribasini hisobga olgan holda uni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari aniqlab olindi.

«O’zbekinvest Hayot» sug‘urta kompaniyasi FALIA jamg‘armasi bilan 2008 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. Kompaniya xodimlari har yili malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun Yaponiyaga borib, ushbu yo‘nalishda jahondagi yetakchilarning tajribasini o‘rganadilar. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tashkilotlarning hamkorligini davom ettirishga, o‘tkaziladigan seminarlarning va mamakalatimizdan qatnashadiganlarning sonini ko‘paytirishga qiziqish bildirildi.