«O’zbekinvest Hayot» sug‘urta kompaniyasining moliya...

28 Iyul , 2011

Agentstlik ta’kidlashicha, 2010 yilda Kompaniya sug‘urta mukofotlari tushumi hajmlarini jadal sur’atlar bilan oshirgan. Usish sur’ati bozordagi sug‘urta mukofotlari hajmlarining o‘sishi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlardan sezilarli darajada yuqori bo‘ldi. 2010 yil natijalariga ko‘ra kompaniyaning sug‘urta mukofotlari hajmi   69,0% ga o‘sib, sug‘urta mukofotining tarkibi yetarlicha taqsimlangan va barqarordir.

Kompaniya sug‘urta to‘lovlari tahlili 2010 yilda umumiy sug‘urta turlari bo‘yicha zararlilik darajasi 18,9 foiz birligiga pasayib 20,1% tashkil etdi. Umuman, 2010 yil yakuniga ko‘ra to‘lovlar darajasi va kompaniya zararliligi ko‘rsatkichi yaxshi holatda va kompaniyaning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmayapti.  

Sug‘urta portfelining muvozanatini ta’minlash maqsadida kompaniya o‘z faoliyatida qayta sug‘urta xizmatlaridan faol foydalanadi. Bugungi kunda kompaniya o‘z faoliyatida qayta sug‘urtadan samarali foydalanayotgan sugurtalovchilardan biri. Shu sababli qayta sug‘urta sug‘urta operatsiyalarini baholashga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillardan biri hisobalandi. 

Kompaniya respublikaning barcha hududlarini qamrab olgan hududiy bo‘linmalar tarmog‘iga ega. Hududiy bo‘linmalarning kompaniya faoliyatidagi ulushi sekin-asta o‘sib bormoqda. Umuman, hududiy bo‘limlar faoliyati barqaror rivojlanayotgan deb baholanib, kompaniya faoliyatining bahosiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.      

2010 yilda kompaniya aktivlarining tarkibi o‘zgarishi sur’ati va tendensiyasi aktivlarning holatini bahosiga ta’sir etadi. 2010 yilda kompaniya aktivlari 49,3% ga o‘sdi. Aktivlarning o‘sishi asosan sug‘urta operatsiyalarining o‘sishi hisobidan ta’minlandi. Aktivlar tarkibida joriy aktivlarning keskin o‘sishi kuzatildi.

Kompaniya aktivlari manbalari yaxshi holatda ekanligi ham ta’kidlandi. Aktivlar manbalarining tahlili aktivlar o‘sishi asosan kapitalning va sug‘urta zahiralarining o‘sishi hisobiga ta’minlanganligini ko‘rsatmoqda. Sug‘urta zahiralarining o‘sishi qaltislikni sug‘urtalash va sug‘urtaning jamg‘arma turlarida ham kuzatilgan. Umuman, o‘zlik mablag‘lar va sug‘urta zahiralarining umumiy manbalardagi ulushi 96,5% ni tashkil etishi kompaniya passivlari tarkibi moliyaviy barqaror ekanligidan dalolat beradi.