«O’zbekinvest Hayot» ustav jamg‘armasi 3 000,0 ming ...

11 Dekabr , 2012

 

Shu munosabat bilan «O’zbekinvest Hayot» sug‘urta kompaniyasi tomonidan hayotni sug‘urtalashning uzoq muddatli jamg‘arma turlarini ommaviylashtirishga qaratilgan faol ish olib borilib, mamlakat Hukumatining moliyaviy barqarorlik va sug‘urtalovchilar o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajara olish qobiliyatlarini ta’minlashga bo‘lgan talabga qat’iy amal qilish buning asosidir. Mazkur talablarning ijrosini ta’minlash va  ta’sischilarning 2012 yil 26 noyabrdagi umumiy yig‘ilishi bayoniga muvofiq «O’zbekinvest Hayot» sug‘urta kompaniyasining ustav jamg‘armasi 3 000,00 ming yevro ekvivalentiga yetkazildi.

 

Bugungi kunda «O’zbekinvest Hayot» shaxsiy sug‘urta bozorida yetakchi mavqega ega bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslar uchun optimal xizmatlar majmuasini hamda maqbul narxlardagi sug‘urta dasturlarini o‘z ichiga olgan 20 dan ortiq turdagi mahsulotlarni o‘z mijozlariga taklif etgan holda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda.